Berluskoniga qon saratoni tashxisi qo‘yildi
Olam
−
06 aprel 2023 5892 1 daqiqa
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni gematopoetik tizimning xavfli leykemiya – qon saratoni bilan kasallangan. Bu haqda Italiyaning “Corriere della Sera” kundalik gazetasi xabar berdi.
Gap shundaki, siyosatchi pnevmoniya bo‘lishi mumkinligi sababli Milandagi “San Rafaelle” klinikasining kardiologik reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.
Gazetaning yozishicha, Berluskoni oxirgi kasalxonaga yotqizilganidan bir hafta o‘tib, boshqa reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Aynan o‘sha paytda, sobiq bosh vazir suyak iligi tekshiruvidan o‘tgan. Ta’kidlanishicha, siyosatchini tashvishga solayotgan og‘riq va pnevmoniya leykemiya tufayli tananing umumiy zaiflashuvidan kelib chiqishi mumkin.
Italiya sobiq bosh vazirining ahvoli haqida rasmiy izohlar haligacha olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni siyosatchining ahvoli barqaror ekani xabar qilingandi. Berluskoni nafas olish muammosi bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan. 86 yoshli siyosatchi “Olg‘a, Italiya” partiyasi yetakchisi shifoxonaga o‘zi borgani aytilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025