Mbappe Italiyaga qarşi öyinni ötkazib yuboradi

Sport

−

image

Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan hujumçi Kilian Mbappe noqulaylik his qilayotgani sababli Italiyaga qarşi Millatlar ligasi uçraşuvida iştirok eta olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Zidan öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. https://www.lefigaro.fr/sports/football/ligue-des-nations/italie-france-on-ne-va-pas-prendre-de-risque-zinedine-zidane-confirme-le-forfait-de-kylian-mbappe-20261111

A ligasi birinçi guruhidan örin olgan uçraşuv bugun, 12 noyabr kuni Milanda bölib ötadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 00:45 da boşlanadi.

“Kilian ertaga öynay olmaydi. U biroz oğriq his qildi. Odatdagidek, heç qanday tavakkal qilmaymiz. Bu holat afsuslanarli, ammo bu futbolning bir qismi. Umid qilamanki, Kilian keyingi uçraşuvda maydonga tuşa oladi”, deydi Zidan.

Joriy yilning 15 noyabr kuni fransuzlar Millatlar ligasi guruh bosqiçini Turkiyaga qarşi uçraşuv bilan yakunlaşadi.

“Menimça, Mbappe yaxşi öynayapti. Buning isboti – uni jamoa bilan olib qolişimiz. Uning özi ham bu holatdan xursand emas, çunki ertaga maydonga tuşişni xohlagan edi. Mavsum uzoq davom etişini hisobga olib, heç qanday tavakkal qilmasligimiz kerak”, deya qöşimça qildi murabbiy.

Ma’lumot uçun, 27 yoşli Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 107 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 67 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2018 yilgi Jahon çempionati va 2021 yilgi Millatlar ligasida ğolib çiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing