Italiyaning katta figuralaridan biri vafot etdi

Olam

image

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 87 yoshida Milandagi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Avvalroq sobiq hukumat rahbari Milandagi “San Rafaelleye” shifoxonasiga yotqizilgan edi. 

Berluskoni so‘nggi yillarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir nechta muammolarga duch keldi. Xususan, u ko‘p yillar davomida yurak stimulyatori bilan yashagan, 2016 yilda aorta qopqog‘ini almashtirish uchun yurak operatsiyasini o‘tkazgan, shuningdek, prostata saratonini yenggan. 2020 yilda esa COVID-19ʼdan tuzalgan. 

Ma’lumot uchun, Silvio Berluskoni 1936 yil 29 sentyabrda Milanda tug‘ilgan. U to‘rt marotaba Italiya Vazirlar Kengashiga raislik qilgan. Berluskoni Italiyaning eng boy odamlaridan biri, sug‘urta magnati, banklar va ommaviy axborot vositalarining egasi, Fininvest aksiyalarining nazorat paketi egasi hisoblangan. 

1970 yillar oxirida u Yevropada birinchi yirik tijorat televizion tarmog‘ini yaratgan. 1986 yildan 2016 yilgacha 30 yil davomida “Milan” futbol klubining xo‘jayini bo‘lgan. 

Berluskoni Italiya Respublikasida bosh vazirlik muddati bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, Berluskoni jahon siyosiy tarixida ajoyib rekordga ega: 1994 yil yanvar oyida o‘zining birinchi partiyasi "Olg‘a, Italiya"ga asos solib, atigi 60 kundan keyin Italiyada bo‘lib o‘tgan milliy parlament saylovlarida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Silvio Berluskoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing