Italiyaning sobiq Bosh vaziri shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
07 aprel 2021
2532Italiyaning sobiq Bosh vaziri, “Olg‘a, Italiya” partiyasining yetakchisi Silvio Berluskoni yana kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, siyosatchi joriy yilning 6 aprel kuni Milandagi “San Rafaelle” shifoxonasida tekshiruvdan o‘tgan. Shundan so‘ng shifokorlar uni keyingi nazorat tekshiruvigacha muassasada qoldirishga qaror qilgan.
Xabarga ko‘ra, 84 yoshli Berluskoni ta’tilni qizining uyida o‘tkazgan. Shifoxonaga esa vertolyotda olib kelingan.
Ma’lumot uchun, Berluskoni o‘tgan 2020 yili COVID-19 bilan kasallangan edi. U “San Rafaellye” shifoxonasiga yotqizilib, o‘n kundan so‘ng uyiga ruxsat berilgandi.
Shuningdek, sobiq Bosh vazir mart oyining oxirida sog‘ligi yomonlashgani tufayli shifoxonada davolangan va Milan sudining “Rubi ishi” majlisida qatnasha olmagandi. Shu bois, Berluskoni soxta guvohlik berish va pora olishda ayblanmoqda.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi