“SamPI” qachon ochilishi aytildi

Jamiyat

image

Respublika perinatal markazi (SamPI) may oyida ochilishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKA shtabidagi brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, brifingda Respublika perinatal markazi karantin sabab yopiqligi tufayli homilador ayollar qayerga murojaat qilishlari mumkinligi so‘ralgan. Javob berish davomida Habibulla Oqilov ushbu markazni haqiqatdan yopiqligini aytib o‘tdi.

“May oyida RPM ochilishi mumkin. Agar bu markazda karantin davom etadigan bo‘lsa, Shahar perinatal markaziga yoki turar joyga qarashli tug‘ruq kompleksiga hech qanday muammosiz murojaat qilish mumkin“, deydi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni RPMda koronavirus aniqlangani sabab karantinga yopilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent shahridagi 7-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxona ham karantinga yopilgani ma’lum qilingan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda SamPI

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing