“SamPi“da koronavirus aniqlandi. Shifoxona karantinga yopildi
Jamiyat
−
19 aprel 2020
14372Respublika perinatal markazida (SamPi) homilador ayollardan birida koronavirus aniqlandi. Shu munosabat bilan ushbu markaz karantinga yopildi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKA shtabdagi brifingda ma’lum qildi.
“16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3 tug‘ruqxonaga ko‘chirildi. RPM karantinga yopildi“ deydi Habibulla Oqilov.
Ta’kidlanishicha, hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmadi. Perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etiladi.
Avvalroq, Toshkent shahridagi 7-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxona ham karantinga yopilgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi