“Samolyot havoga ko‘tarilganida ko‘zimga yosh keldi”. O‘zil “Real”dan ketgani sababini ochiqladi

Sport

image

“Real”ning sobiq yarim himoyachisi, yaqinda faoliyatini yakunlagan Mesut O‘zil o‘z vaqtida nima uchun Madrid jamoasini tark etgani haqida gapirdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

“Madridni tark etganimdan juda xafa bo‘lgandim, aeroportdagi holatimni yaxshi eslayman... Uch yil “Real Madrid”da ajoyib mavsum o‘tkazdim, juda xursand bo‘ldim. Ammo keyin vaziyat o‘zgardi. Mavsum boshida men kamroq maydonga tusha boshladim. Keyin Florentino Peres (klub prezidenti) bilan otam va agentim o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Men yangi klub izlashim kerak edi. Menga juda qiyin bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganida ko‘zimga yosh keldi. O‘shanda men hammasi tugaganini angladim. Peres bilan bo‘lgan mojarodan keyin maydonga tushmasligimdan xavotirda edim. Bir nima deyish qiyin. Lekin, albatta, men bu vaziyatni boshqacha yo‘l bilan hal qilishni istardim”, deydi O‘zil.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi joriy yilning 22 mart kuni faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U faoliyatidagi eng yorqin damlarini “Real Madrid”da o‘tkazdi. O‘zil 2010-2013 yillar davomida Madrid klubida to‘p surgan. Avvalroq, futbolchm “El-Klasiko” haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing