Mesut Özil Ukrainada norasmiy “qora röyxat”ga kiritildi
Sport
−
14:46 766 2 daqiqa
Germaniya terma jamoasi safida 2014 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan Mesut Özil Ukrainaning “Mirotvorets” internet-resursi ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Bu haqda “RBC-Ukraine” naşri xabar berdi.
Sobiq futbolçi maxsus harbiy operatsiyani qöllab-quvvatlaşda ayblanmoqda. Bunga Özilning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol ittifoqini (UEFA) Rossiya terma jamoalarining xalqaro musobaqalardan çetlatilişi hamda Isroil jamoalariga nisbatan çora körilmayotgani borasidagi ikki xil yondaşuvni bartaraf etişga çaqirgan bayonoti sabab bölgan.
Ma’lumot uçun, 38 yoşli Özil 2023 yilda professional futbolçilik faoliyatini yakunlagan. Uning sönggi jamoasi Turkiyaning “Istanbul Başakşehir” klubi bölgan.
Faoliyati davomida u Ispaniyaning “Real Madrid”, Angliyaning “Arsenal”, Turkiyaning “Fenerbaxçe”, şuningdek, Germaniyaning “Şalke” va “Verder” klublarida töp surgan.
“Real Madrid” safida Ispaniya çempionati, Kubogi va Superkubogida bir martadan ğolib çiqqan. “Arsenal” bilan tört marta Angliya Kubogini qölga kiritgan. “Verder” bilan esa Germaniya Kubogida zafar quçgan.
Özil Germaniya terma jamoasi safida 92 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 23 ta gol urgan va 40 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Şuningdek, u 2010 yilgi Jahon çempionatida bronza medaliga sazovor bölgan.
Ma’lumot uçun, “Mirotvorets” 2014 yilda taşkil etilgan nodavlat internet-resurs bölib, unda sayt ma’muriyati Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblangan şaxslar haqida ma’lumotlar joylaştiriladi.
Live
Barchasi