“Real” futbolchisi qamalishi mumkin
Sport
−
01 avgust 1379 1 daqiqa
“Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi shaxsiy videoni tarqatganlik ayblovi bilan qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi ishtirokchining roziligisiz olingan videoni uchinchi shaxslarga tarqatish hamda pornografik materiallarni tarqatish bilan bog‘liq ayblovlarga duch kelgan. Asensioning o‘zi videoda ishtirok etmagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u videoni tanishlaridan so‘rab olgan va keyinchalik uni boshqa shaxsga ko‘rsatgan.
Prokuratura 23 yoshli futbolchiga nisbatan ikki yarim yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan. Sud jarayoni 2026 yil joriy yilning 3, 4 va 7 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Raul Asensio faoliyati davomida “qirollik klubi” safida 134 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
Barchasi