Samarqandda fuqarolarni AQSHga ishga yuborish uchun 22 ming dollar talab qilgan ota-bola ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 2 fuqaroni AQSHga ishga yuborishni va’da qilib, 22 ming dollar talab qilgan ota-bola ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan va tanishlari orqali ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytgan.
Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming AQSH dollaridan, jami 22 ming AQSH dollari so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida fuqaroni AQSHga ishga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qilib, 9 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 10 ming dollar evaziga AQSH vizasini va’da qilgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing