Samarqandda er-xotinni AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqarolarni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun 40 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Samarqand shahrida muqaddam sudlangan fuqaro Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxsning ishonchiga kirib, u va uning turmush o‘rtog‘ini avval Yevropaga, so‘ng Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan. U evaziga 40 ming dollar talab qilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u avval ham pul evaziga bir nechta fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda fuqarolarni 27 ming dollar evaziga noqonuniy yo‘llar bilan Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand fuqarolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing