“Samarqand qog‘ozi” ham patentlandi
Jamiyat
−
05 iyul
2572“Samarqand qog‘ozi” ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi xabar berdi.
Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Abduhalimov “Konigil-Meros” hunarmandchilik markazi rahbari Zarif Muxtorovga “Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirgan.
Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va uning sifati, mashhurligi yoki boshqa belgilari o‘sha hududning tabiiy, insoniy va tarixiy omillariga chambarchas bog‘liq bo‘lganini ifodalovchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 24 avgust kuni “G‘ijduvon shashlik”, 2024 yil 8 yanvar kuni esa “G‘uzor tandir go‘shti”, joriy yil 4 fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” va iyun oyida “Xorazm tuxumbaragi”, “Andijon do‘ppisi”, “So‘qoq somsasi” hamda “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.