“Boysun do‘ppisi” patentlandi

Jamiyat

image

“Boysun do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

“Boysun do‘ppisi” – Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan, dumaloq shaklli, piltado‘zi uslubida kashta bilan bezatilgan milliy bosh kiyimdir. Uning o‘ziga xosligi piltado‘zi kashta uslubi, geometrik naqshlari, yorqin ranglar uyg‘unligi hamda an’anaviy tikish usullarida namoyon bo‘ladi. Do‘ppida chilxol, chayongul, qo‘chqorshoxi, archa va ko‘zacha kabi naqshlar qo‘llaniladi.

“Boysun do‘ppisi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulotning Boysun hududi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Natijada “Boysun do‘ppisi” nomining huquqiy muhofazasi ta’minlanadi, mahsulotning an’anaviy xususiyatlari va ishlab chiqarish usullarini asrashga xizmat qiladi va Boysun hunarmandchiligi mahsulotini ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos yaratiladi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – mahsulotning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari muayyan geografik hudud bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi intellektual mulk ob’ektidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligida “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing