Samaradan 940 nafar o‘zbekistonlik qaytarilmoqda

Jamiyat

image
O‘zbekistonlik migrantlarning kelgusi taqdiri ne kechadi? TIV rasmiysi bilan suhbat north_east

O‘zbekistonlik migrantlarning kelgusi taqdiri ne kechadi? TIV rasmiysi bilan suhbat

Kecha, 27 sentyabr kuni Samara viloyatidan 940 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari poyezdda uylariga jo‘natildi. Bu haqda TASSga viloyat hukumati Matbuot xizmati xabar bergan

"Bugun Samara viloyatidan O‘zbekistonning 943 fuqarosi poyezdda jo‘nab ketdi", deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq, O‘zbekistondan kelgan muhojirlar Samara viloyatida vaqtincha yashash joyida to‘planib qolgani, ularning barchasi o‘z vataniga qaytish uchun mintaqaga kelgani, ammo yopiq chegaralar tufayli qolib ketgani xabar qilingani edi. Birgina sentyabr oyida 6 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi poyezdlar va samolyotlar orqali mintaqadan olib chiqib ketilgan. 

Viloyat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari shu yilning may oyi boshlarida Rossiyaning barcha hududlaridan Samara viloyatiga kela boshlagan. Ular uchun avval bolshechernigovskiy okrugida, endi Kinelskiy tumanida chodirlar lageri tashkil etilgan. Ta’kidlanishicha, bu yerda ham chet el fuqarolari, ham mahalliy aholi xavfsizligi ta’minlangan. 

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk va Samara viloyatlaridan 2 mingga yaqin O‘zbekiston fuarosi maxsus poyezd reysida ortga qaytarildi. Shuningdek, joriy yilning 23 sentbyar kuni Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi. Hududda 15 ta avtobus yuborildi. Bugun, 27 sentyabr kuni ushbu avtobuslar orqali fuqarolar Vatanga qaytadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samara viloyati migratsiya migrantlari

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing