O‘zbekistonlik migrantlarning kelgusi taqdiri ne kechadi? TIV rasmiysi bilan suhbat

Intervyu

2020 yil 20 avgust holatiga xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning soni 2 milliondan oshib, 2 million 40 870 kishini tashkil etmoqda. Ularning 992 610 nafari rasman ishga joylashgan, 1 million 48 260 nafari esa norasmiy mehnat muhojiri bo‘lib qolmoqda.

Pandemiya davrida mehnat migrantlari og‘ir ahvolda ishsiz qolgani, ulardan ko‘plari O‘zbekistonga qaytolmay sarson bo‘lgani ham hech kimga sir emas.

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Bu qaror xorijga ishga ketish niyatida bo‘lgan o‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligi, ularni ish bilan ta’minlanishi xorijda aldanib qolmasligi uchun juda muhim deb e’tirof etilmoqda.

QALAMPIR.UZ Tashqi ishlar vazirligi, konsullik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burxon Aliqulov bilan suhbatlashdi. 

Suhbat quyidagi savollar atrofida kechdi:

– Yangi O‘zbekistonga chet elga migrantlar tayyorlash nimaga kerak?

– Migrantlarning ijtimoiy, tibbiy, huquqiy muhofazasida o‘zgarish bo‘ladimi? 

– O‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida sirli o‘lim topishiga O‘zbekistonning munosabati qanday? Bu masala qanday yechim topadi? 

– O‘zbekiston xorijda mehnat faoliyatini yuritib kelgan fuqarolardan soliq undirishi qanchalik to‘g‘ri?

– Pandemiya davrida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan qaytishni istagan migrantlar nima uchun muammolarga duch keldi? Nega bunda elchixonalar va konsulliklarning faolligi sezilmadi? 

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i Burxon Aliqulov bilan videointervyuni to‘liq shaklda QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Burxon Aliqulov

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing