Nega O‘zbekiston tarafi Nodira Qodirova vafotini taftish qilmadi? TIV vakili munosabat bildirdi

Intervyu

Migrantning ayanchli qismati: Nodira Qodirovaning sirli o‘limiga bir yil to‘ldi north_east

Migrantning ayanchli qismati: Nodira Qodirovaning sirli o‘limiga bir yil to‘ldi

2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar mehnat migranti Nodira Qodirova Turkiya poytaxti Anqar shahrida sobiq harbiy xizmatchi – genaral, Turkiya Buyuk Millat Majlisiga “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan saylangan deputat Shirin Unalning uyida o‘lik holda topildi. Qodirova ning sirli o‘lim topganiga 1 yil to‘ldi. U xuddi shu kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida mamlakatning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Buyuk Millat Majlisi deputati Shirin Unalning uyida vafot etgandi? 

Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qildimi yoki jinoyat qurboni bo‘ldi? U ruhiy xastamidi yoki o‘z joniga qasd qilishiga undagan boshqa muammolar bilan yuzma yuz keldimi? Nega ushbu holat bilan bog‘liq surishtiruvlar uning o‘limi qadar sirli va parda ortida? Bir yildirki, bu savollar ochiq qolmoqda. Xo‘sh, O‘zbekiston tarafi Nodira Qodirovaning vafoti bilan bog‘liq haqiqatni ochish uchun nima qildi? QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova Tashqi ishlar vazirligi, konsullik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burxon Aliqulov bilan o‘tkazgan suhbatida ushbu savolni o‘rtaga tashladi. 

— Nodira Qodirova o‘tgan yili Anqarada deputatning uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirmadi. O‘zbekiston tarafi uning qanday vafot etganini tekshirmadi. Bu haqda nima deya olasiz? 

— O‘zbekiston tarafi bu voqeani tekshirmadi, deyishingiz noto‘g‘ri ta’rif. Sababi bu jinoyat boshqa davlat hududida sodir etildi. Bu holat haqida Tashqi ishlar vazirligi o‘z vaqtida sayti orqali fakt sifatida ma’lumot berdi. 

Chet el hududida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari, sud jarayonlari bevosita o‘sha mamlakatning huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshiriladi. 

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, O‘zbekistonning huquq-tartibot idoralari vafot etgan fuqaromizning yaqin qarindoshlari iltimosi asosida Turkiyaning vakolatli idoralariga muntazam murojaatlar yubordi. O‘zbekiston tomonidan qandaydir ko‘mak kerak bo‘lsa, bu bo‘yicha muntazam ish olib borilgan. Elchixonamiz Turkiyaning huquq-tartibot idoralari bilan aloqalar o‘rnatgan. Bu masala hali yakuniga yetgani yo‘q. Ish yakuni bo‘yicha Turkiya tomonidan ham, O‘zbekiston tomonidan ham ochiq ma’lumot beriladi. 

— Bu kabi holatlarda Tashqi ishlar vazirligining o‘rni qanday? 

— Chet elda sodir bo‘lgan huquqbuzarlik holati bo‘yicha elchixonamiz so‘rov yuborishi mumkin. Bu ish adolatli va shaffof olib borilishi bo‘yicha o‘z so‘rovini kiritadi. Bu fuqarolarimizning yaqin qarindoshlaridan kelgan murojaatlar va O‘zbekistonning xorijiy mamlakatdagi elchixonasi shaxsiy tashabbusi bilan ham nazorat ostiga olinadi. 

Nodira Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham tergov yoki sud jarayoniga davlat tashkilotlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunan bunga taqiq qo‘yilgan. Bizning chet eldagi konsullik muassasalarimiz va elchixonalarimiz jarayon qanday ketayotganini muntazam so‘rab, ushbu masala bo‘yicha axborot olib turadi. Lekin jarayonda ishtirok etishi, qonunan mumkin emas. Bu milliy qonunchiligimizda ham, xalqaro amaliyotda ham mavjud. 

Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirmadi, deyish noto‘g‘ri fikr. Yana takrorlaymanki, Turkiyaning vakolatli idoralari bilan elchixonamiz hamda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ikki tomonlama huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalar doirasida munosabat o‘rnatgan. Biz tomonimizdan qanday yordam kerak bo‘lsa, doim yetkazilgan. Ish yakunlangach, natijasi ommmaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. 

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i Burxon Aliqulov bilan videointervyuni to‘liq shaklda QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Nodira Qodirova Burxon Aliqulov

Baholaganlar

578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing