Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Olam

−

image

Rossiyaning Novosibirsk shahrida ota-onasining migratsiya qonunchiligini buzgani sababli reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan ikki nafar o‘zbekistonlik bola oilasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 yoshli o‘g‘il va 12 yoshli qiz ota-onasining Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli shahardagi ikkita reabilitatsiya markaziga vaqtincha vasiylikka olingan.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari bolalarni oilasiga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi va reabilitatsiya markazlari rahbariyati bilan muzokaralar olib borilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalar diplomatlar hamrohligida Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib borilib, ota-onasiga topshirilgan.

Kecha, 13 oktyabr kuni oila “Novosibirsk – Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida moddiy qiyinchilikka duch kelgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ortga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing