Novosibirskda qiyin vaziyatda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

−

image

Rossiyaning Novosibirsk shahrida farzandlari mehribonlik uyida qolgan o‘zbekistonlik oila O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolaning onasi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Novosibirskdagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Oqibatda uning farzandlari mehribonlik uyida qolgan.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari vaziyatga aralashib, bir kun ichida vaqtincha saqlash markazi va mehribonlik uyi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan. Natijada ayolning ozod etilishiga ko‘maklashilgan va unga O‘zbekistonga qaytish sertifikati rasmiylashtirib berilgan. Shundan so‘ng, bola “Tolmachyovo” xalqaro aeroportiga olib borilib, onasiga topshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir hafta davomida Bosh konsulxona vakillari yana to‘rt nafar bolaning ham O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahrida ota-onasining migratsiya qonunchiligini buzgani sababli reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan ikki nafar o‘zbekistonlik bola oilasi bilan O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing