Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga qilgan ikki kunlik davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 11–12 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Qo‘shni davlat rahbarining tashrifi Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yish bilan boshlandi.

Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy uchrashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, keyin davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat Prezidentlari qo‘shma bayonotni qabul qildi. Unda ochiq, do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tgan muzokaralar samarali bo‘lganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan yigirmadan ortiq ikki tomonlama hujjat, shu jumladan, Qirg‘iziston hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston–O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasi to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Davlat tashrifining ikkinchi kuni O‘zbekiston parlamentining har ikki palatasi rahbarlari – Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashishdan boshlandi.

Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi, u yuqori darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishga to‘liq tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga daraxt ekdi va birgalikda Toshkentdagi Yashnobod innovatsion texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi.

Davlat tashrifi yakunlangach Prezident Sadir Japarov 12 mart kuni Bishkekka jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing