“Rus dunyosiga bosim ortmoqda”. Rossiya endi “natsist”larni Markaziy Osiyodan qidirmoqchimi?     

Olam

image

Joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Yaqin xorijdagi rossiyalik vatandoshlar” X mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilari "rus dunyosiga bosim kuchayib borayotgani"ni qayd etdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

"Forumning yakuniy hujjatlarida delegatlar ko‘p qutbli va adolatli dunyo tartibiga o‘tish jarayonida qarama-qarshilik ortib borayotgani va rus dunyosiga bosim har doimgidan kuchayishini ma’lum qildi", deyiladi vazirlikning bayonotida. 

Forum davomida tashkiliy tuzilmalarning o‘zaro hamkorligi, xorijiy rus hamjamiyatlari faoliyatining dolzarb masalalarini o‘rganish, jumladan, Rossiya hududlari bilan hamkorlik qilish, ular istiqomat qilayotgan mamlakatlarning ijtimoiy va madaniy hayotida ishtirok etish, ularni himoya qilish masalalari muhokama qilingan. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin qo‘shni mamlakatlarda rus hamjamiyati tomonidan rus tili va rus madaniyatini asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlagan. Galuzinning aytishicha, "Rossiya hukumati mintaqa davlatlaridagi rus jamiyatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi".

Unga ko‘ra, navbatdagi forum 2024 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Moskvaga borgan Imomali Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida rus tili Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida millatlararo til sifatida tan olindi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur sammitga kelar ekan, Rossiyaning maqsadlaridan biri aynan mana shu ekanini yashirmagan. U 12 oktyabr kuni, hali sammit boshlanmasidanoq MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida rus tilining maqomini oshirishni muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo Forum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing