Ruhoniy Zelenskiyning talablariga rozi bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Eron Tehron yaqinidagi samolyot halokati uchun aybini to‘liq bo‘yniga olishi va kompensatsiya to‘lashi kerakligini talab qilgani haqida xabar bergan edik.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Zelenskiyning talabini to‘la qanoatlantirdi. Ruhoniy samolyot halokatida Eronning aybini to‘liq tan oldi, rasman kechirim so‘rab, aybdorlarni jazolashini aytdi, shuningdek, kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi.

Eron vakilining ma’lum qilishicha, kompensatsiya Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda to‘lanadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotining Tehron yaqinida qulashi natijasida bortdagi hech kim omon qolmagan. Hodisada jami 176 kishi halok bo‘lgan. Hodisadan keyingi tergov vaqtida samolyot qulagan hududdan Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qoldiqlari topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy aviahalokat Ukraina-Eron

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing