Rostovda 39 yoshli gumondor qo‘lga olindi
Olam
−
23 Oktabr 2019
3152Avval xabar berganimizdek, kecha, 22 oktyabr kuni Rossiyaning Rostov viloyati Orlov tumanida otishma sodir etildi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.
Bugun, 23 oktyabr kuni huquqni muhofaza qilish organlari Rostov viloyatining Orlov tumanida otishma sodir etib, besh kishini o‘ldirishda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Ayni paytda, 22 oktyabr kuni Rostov viloyatining Orlov tumanida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan politsiya xodimlari Rostov viloyatidagi Rossiya Tergov qo‘mitasi Tergov boshqarmasi va Rossiya gvardiyasi bilan birgalikda qotillikda 39 yoshli gumondorni qo‘lga oldi. Tuman va yaqin aholi punktlari hududida qotillikda gumon qilingan shaxslarni ushlashga qaratilgan qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi