Rossiyaning 3 ta aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) 3 ta aviakompaniyaga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.

Agentlik “Severniy veter”, “IrAero” va “Red Vings” aviakopaniyalariga ruxsatnoma bergan. Jumladan, “Severniy veter” birdan beshta yo‘nalishda parvoz qilishga ruxsat oldi:

•    Krasnoyarsk – Namangan
•    Ufa – Namangan
•    Ufa – Farg‘ona
•    Krasnodar – Farg‘ona
•    Rostov-Don – Farg‘ona

Ruxsatnomada haftada uchtagacha reys amalga oshirish belgilangan.

Bundan tashqari, “Red Vings” uchta yo‘nalishda parvoz qilish huquqini oldi. Ularning barchasi Yekaterinburgdan Samarqand (haftada uchtagacha reys), Namangan va Farg‘onaga (haftada ikkitagacha reys).

“IrAero”ga Moskvadan Andijonga va Nijnevartovskdan Andijonga parvoz qilish huquqi berildi. Moskva-Andijon yo‘nalishida haftasiga 5 tagacha parvoz amalga oshirish mumkin.

Ruxsatnoma berilishi xalqaro yo‘nalishda parvozlarni tiklash uchun asos bo‘lmaligiga alohida ta’kidlangan.

Avvalroq, noyabr oyida Rossiyaning 12 ta aviakompaniyasiga O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya aviakompaniya

Baholaganlar

885

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing