Rossiyani zir titratgan namoyishlar bo‘yicha tergovchilar ishga kirishdi

Olam

image

Rossiyada 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlardan keyin tergovchilar 21 ta jinoiy ish ochdi va 6 ta tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi.

“23 yanvar kuni mamlakatning turli mintaqalarida bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlar yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasining tergov organlari tomonidan 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, qonunga zid namoyishlar sodir etilganga qadar aniqlangan noqonuniy harakatlar bo‘yicha 6 ta tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda”, deydi Petrenko.

Tergov qo‘mitasi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarda ishtirok etganlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar o‘rganilmoqda. Har bir aniqlangan holatga Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq huquqiy baho beriladi. 

Jinoiy javobgarlikka tortilganlar orasida 16 kishi bo‘lib, ularning aksariyati protsessual tartibda hibsga olingan. Ba’zilariga, allaqachon, ayblovlar qo‘yilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga qilingan hujumlar

Ma’lum qilinishicha, Moskva, Sankt-Peterburg, Primorsk o‘lkasi, Lipetsk va Kaluga hamda Vladimir viloyatlarida huquqni muhofaza qilish organlariga hujum qilish, bezorilik va o‘zganing mulkiga zarar yetkazish holatlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318, 213, 167-moddalari bilan uchta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Ta’kidlanishicha, Moskvaning Sretensk bulvarida Rossiya gvardiyasi xodimi kaltaklangan, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ko‘ziga esa yosh oqizuvchi gaz sepilgan.

Undan tashqari, Moskvaning Svetnoy bulvarida namoyishlar vaqtida Federal xavfsizlik xizmatiga tegishli bo‘lgan avtomashina bezorilar tomonidan pachoqlangan. 

Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi ruxsatsiz miting paytida bir namoyishchi yo‘l harakati politsiyasi xodimining so‘zlariga javoban uning yuziga musht bilan qattiq urib,yiqitgan. Hodisa joyidan qochib ketayotganda, ushbu bezori boshqa politsiyachini ham urgan. Xuddi shunday holat Kaluga shahrida ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiya muxolifati yetakchisi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytdi. U o‘tirgan samolyot o‘z manzilini o‘zgartirib, Moskvaning Vnukova aeroportiga emas, balki Sheremetevo tayyoragohiga qo‘ndi. Navalniy samolyot bortining o‘zidayoq qo‘lga olindi. Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatsi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi

Oradan ko‘p o‘tmay, Navalniyning tarafdorlari tomonidan uning YouTube’dagi kanalida “Putin uchun saroy” filmi taidim etildi va film boshiga 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan namoyishlarga chaqiriq joylashtirildi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya namoyish Naval'niy “Putin uchun saroy“

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing