Rossiyadan noqonuniy kiritilgan kontrafakt dorilarni saqlagan oila aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida yashovchi oila xonadonida Rossiyadan noqonuniy olib kelingan, qiymati qariyb 600 million so‘mlik kontrafakt dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXX va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgan. Xususan, poytaxtning Yangihayot tumanida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda uning ikki nafar farzandi tomonidan dori vositalari saqlab kelinayotgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan 3 ta xonadon ko‘zdan kechirilgan. Natijada, ushbu manzillarda Buserelin, Volini, Bikana, Tirzetta va boshqa shu kabi jami 29 turdagi 1330 quti kontrafakt dori vositalari borligi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning taxminiy summasi 600 million so‘mni tashkil etadi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oila a’zolari dori vositalarini Rossiya Federatsiyasidan yo‘lovchilar ko‘magida kichik partiyalarda temir yo‘l va havo transporti orqali olib kelib, Toshkent shahrida sotish bilan shug‘ullangan. 

Bildirilishicha, hozirda aniqlangan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvlari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrida yashovchi fuqaro yashirin omborxonasida 1,4 milliard so‘mlik noqonuniy dori vositalarini saqlagani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing