Rossiyadan 220 nafar o‘zbekistonlik talaba olib kelindi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
7161Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalari Moskvadan Toshkentga charter reys bilan olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
Olib kelingan barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi. Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib berilgan. Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda o‘qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud. 14 kunlik karantin davridan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi.
Shuningdek, yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabaning Vatanga qaytarishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Rossiyaning Volgograd viloyatida 10 nafar o‘zbekistonlik talaba koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi