Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi. 1 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Saratov viloyati Dergachevskiy tumani “Dergachi” aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyatining “Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki” trassasining 519 km Dergachevskiy tumani “Dergachi” aholi punkti yaqinida Lada Largus rusumli avtomashinada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va A298 trassada turgan yuk avtoulovi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Saratov viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Lada Largus yo‘lovchilaridan biri – 1987 yilda tug‘ilgan erkak halok bo‘lgan. Haydovchi (1968 yilda tug‘ilgan erkak) hamda qolgan yo‘lovchilar – 2005 va 1991 yillarda tug‘ilgan erkaklar, 1980 va 2002 yillarda tug‘ilgan ayollar turli darajadagi tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Qozon shahridagi Bosh konsulxona tomonidan holat nazoratga olingan. Saratov viloyatining vakolatli va mutasaddi idoralari bilan aloqa o‘rnatilib, vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish ishlari bilan bog‘liq jarayonlar boshlangan va jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilmoqda.

Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkin:

  • +7-843 526-55-63;  

  • +7-843 526-55-64; 

  • +7-843 526-55-65; 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida ham Rossiyaning Perm o‘lkasi Osa tumanida Lada Largus rusumli avtomashinada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va SIMAZ avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya Saratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing