Rossiyada 3 nafar o‘zbekistonlik YTH oqibatida halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Perm o‘lkasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 fevral kuni kuni soat 06:00 larda Perm o‘lkasining Osa tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat raqami 75V435NA Lada Largus rusumli avtomashinasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va SIMAZ avtobusi ishtirokida yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari, ya’ni E.F.A. va J.A.Sh. voqea joyida va O.A.M. esa og‘ir jarohatlar sababli shifoxonada vafot etgan.

O‘zbekiston fuqarolari S.B.I., R.M.A. va K.F.J. lar turli-xil tan jarohatlari bilan Perm o‘lkasining Osa markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan va hozirda tibbiy muolajalar olmokda. 

“Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bo‘lib, vafot etgan fuqarolarni jasadlari vatanga tezkor ravishda qaytarish ishlari yakunlanganligini va jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatib kelinayotganini ma’lum qilamiz. Vafot etgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlangan fuqarolarimizga tez orada sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:
+7-843 526-55-63;  +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65; 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi. YTH Aqto‘be viloyatining shu nomli tumanidagi Irg‘iz qishlog‘idan 40 kilometr uzoqlikda, Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining yopiq qismida yuz bergan. Ufadan Samarqand shahriga ketayotgan yo‘lovchi avtobusiga yuk mashinasi kelib urilgan. Avtobusdagi 33 nafar o‘zbekistonlik yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya Perm'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing