Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 2-qavatdan tushib ketdi

Olam

image

Rossiyaning Voronej viloyatida qurilishda ishlagan o‘zbekistonlik erkak ish vaqtida ikkinchi qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Aytilishicha, fuqaro Voronej viloyatiga 2022 yilda ishlash maqsadida borgan. 2023 yilda esa u ish vaqtida qurilish ob’ektining 2-qavatidan yiqilib tushgan. Oqibatda o‘zbekistonlik erkak og‘ir tan jarohati olgan va Voronej viloyati shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakili uning holidan xabar olgan. Bilidirilishicha, ayni paytda bemorning ahvoli yaxshilangan. Tez orada unga shifoxonadan javob berilishi ma’lum bo‘lgan. Hozirda uni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva shahridagi qurilish maydonida politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirida o‘zbekistonlik migrantning yuragi huruj qilib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing