Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan yiqilib vafot etdi

3-sahifa

image

Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish ob’ektida o‘zbekistonlik ishchi balandlikdan yiqilish oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 29 dekabr kuni huquq tartibot organlariga tayanib “78.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Sverdlova qishlog‘idagi 9-uyda ro‘y bergan. Qurilish ob’ektida ishlayotgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz tasodif tufayli balandlikdan yiqilgan. Shundan so‘ng unga hamkasblari yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, ammo orttirilgan og‘ir jarohatlar sabab yigitning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Rossiya OAV marhumning shaxsi va voqeaning boshqa tafsilotlarini ochiqlamagan. Biroq hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning iyun oyida ham aynan Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurilish

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing