Rossiyada 22 yoshli o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi
Olam
−
24 iyun 2021
11292Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevoloj tumanidagi qurilish maydonida ishchi balandlikdan yiqilib vafot etdi. Bu haqda Rossiya OAVda xabar tarqaldi.
Joriy yilning 17 iyun kuni Vsevoloj shifoxonasiga 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Shifokorlar balandlikdan yiqilishda olinadigan og‘ir tan jarohatlarini aniqlagan. Oradan 4 kun o‘tib, 21 iyun kuni u reanimatsiya bo‘limida vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak Staraya qishlog‘idagi Ioann Kronshtadt ko‘chasida 12 qavatli bino qurilishida ishlagan va balandlikdan yiqilgan. Qurilish boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, erkak kompaniya bilan shartnoma asosida ishlagan, o‘sha kuni uning ish joyida bo‘lgan va noma’lum sabablarga ko‘ra balandlikdan, taxminan ikkinchi qavatdan qulagan. Holat tekshirilmoqda.
LiveBarchasi