Qurilişi tugamagan uylarga aholini kiritgan mas’ullar qamalişi mumkin

O‘zbekiston

−

visibility2077 timer3 daqiqa

image

Özbekistonda qurilişi tugallanmagan yoki belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöygan qurilişga mas’ul va mansabdor şaxslar uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 27 noyabr kuni bölib ötgan 21-yalpi majlisida ma’qullangan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini olişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Qonunga köra, Jinoyat kodeksining 229-3-moddasi yangi qism bilan töldirilmoqda. Unga muvofiq, foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga qurilişga mas’ul yoki mansabdor şaxslar tomonidan yöl qöyilsa, aybdorlar uç yilgaça axloq tuzatiş işlari, 2 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Şuningdek, Şaharsozlik kodeksiga buyurtmaçi va pudratçilarning foydalanişga qabul qilinmagan uylarga odamlarning köçib kirişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş majburiyatini belgilovçi norma kiritilmoqda.

Qonunni muhokama qiliş jarayonida keltirilgan ma’lumotlarga köra, sönggi yetti yilda 383 ta köp kvartirali uy şaharsozlik hujjatlari, kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş va röyxatdan ötkaziş talablariga rioya qilinmasdan qurilgan. Uşbu uylardagi 20 mingdan ortiq xonadon fuqarolarga sotilgan. Bundan taşqari, turli qoidabuzarliklar sabab foydalanişga topşirilmagan 136 ta uyda qariyb 8 ming kişi yaşab kelmoqda.

Qonun yuzasidan ma’ruza qilgan Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobuljon Tursunov amaldagi tartibda bunday uylarga odamlarning kirib yaşaşiga yöl qöyganlik uçun avval ma’muriy, takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik belgilanganini aytdi. Yangi özgartişlar esa qurilişga mas’ul şaxslarning javobgarligini aniq belgilaşni közda tutadi.

Muhokamada senator Malika Xodirxonova fuqarolardan aynan şu masala böyiça köplab murojaatlar kelib tuşayotganini ta’kidladi. Uning aytişiça, 2025 yil 1 maydan uylarni foydalanişga qabul qiliş tartibi soddalaştirilgan bölsa-da, ayrim fuqarolar hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni çözilib ketgani sababli tugallanmagan uylarga köçib kirişga majbur bölayotganini bildirmoqda. Senator bu muammoni hal etiş böyiça Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi vakilidan izoh söragan.

Vazirlik vakili korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida inson omilisiz işlaydigan elektron platforma joriy etilganini ma’lum qildi. Şuningdek, vazirlik huzurida noqonuniy qurilişlar bilan şuğullanuvçi departament taşkil etilgan. Hududlarda planşetlar bilan ta’minlangan xodimlar orqali noqonuniy qurilişlar aniqlanib, ular böyiça jarimalar qöllanilayotgani va materiallar sudlarga yuborilayotgani aytilgan.

Senat raisi Tanzila Norboyeva esa qurilişi tugallanmagan yoki qoidabuzarliklar sabab foydalanişga topşirilmagan uylarda yaşaş fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid solişini qayd etgan. Uning ta’kidlaşiça, bunday holatlar quriliş işlari kölami katta bölgan Toşkent şahri, şuningdek Samarqand va Namangan viloyatlarida köproq uçramoqda. Senat raisi uşbu hududlardagi mas’ullar va mahalliy kengaşlarni muammoga jiddiy e’tibor qaratişga çaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing