Qurilish vaziriga hayfsan berildi
Olam
−
09:45 1591 1 daqiqa
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntayevga hayfsan e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, intizomiy jazo vazirga zimmasiga yuklatilgan mehnat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun qo‘llangan. Biroq hayfsan Oruntayev ishtirokidagi janjal haqida tarqalgan xabarlar bilan bog‘liq yoki yo‘qligi aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda 22 avgust kuni Qirg‘izistonning Talas viloyatida mojaro sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Unda Nurdan Oruntayev Talasdagi qurilish ob’ektlaridan birida pudratchi bilan janjallashgani va mushtlashuvda ishtirok etgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgandi. Unda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kadrlar o‘zgarishini e’lon qilib, ikki vazir, to‘rt hokim va gazeta bosh muharririni lavozimidan ozod etganini bildirgandi.