Fermerni so‘kkan Quva tumani hokimi jazolandi
3-sahifa
−
22 iyul 5400 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimi X.Umarovga fermerni haqorat qilgani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining matbuot kotibi Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hokimning fermerlar bilan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari aks etgan videolar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolati doirasida Farg‘ona viloyati hokimligiga holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmat tekshiruvi o‘tkazish va huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan. Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, Quva tumani hokimi X.Umarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
“Agentlik tomonidan davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptirish hamda qonun buzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash ishlari izchil davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ularni haqoratlab, tahqirlagani uchun hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust