Quvada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
29 may 2756 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida erkak 8 metr yer uchun odamlarga pichoq bilan tahdid qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 may kuni Quva tumanining “Sultonobod” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. yashash manzili hududidagi bolalar futbol maydonida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan mahalladoshlari L.H. hamda H.A. bilan shu yer maydonida 8 metr haqqi borligini aytib janjallashgan. Shuningdek, u jamoat joyiga sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pichoq olib borgan.
Fuqarolarning IIOga murojaati asosida profilaktika inspektorlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, kelishmovchilik bartaraf etilgan hamda sovuq qurol A.A. dan olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Janjal davomida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqbuzar A.A. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-(mayda bezorilik) va 185-2-moddalari (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi Denov tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasi davomida kurashchi polvon pichoqlab o‘ldirilgan edi.
Live
Barchasi