Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 11 oylik chaqaloqni qutqarib qoldi (video)
Olam
−
06 fevral
12632Rossiyaning Moskva viloyatida o‘zbekistonlik erkak yo‘lda yotgan 11 oylik qizaloqni avtomobillar ostida qolishdan qutqarib qoldi. Bu haqda REN TV xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlab erkak yo‘lida quyon yoki mushuk paydo bo‘ldi deb o‘ylab, uni chetlab o‘tishga harakat qilgan. Keyin esa oldida 11 oylik qizaloq yotganini tushunib yetgan.
“U qattiq yig‘layotgan edi. Bola sovuqdan muzlab qolgan: barmoqlari, yuzi – hammasini sovuq urgandi”, deydi xaloskor.
Shundan so‘ng u mashina pechini yoqib, chaqaloqning qo‘llarini ishqalab isitishga harakat qilgan. Keyin esa politsiya va tez yordamni chaqirgan. Bir payt u tomon bir ayol kelib, qizaloq uning nabirasi ekanini aytgan. Biroq haydovchi bunga ishonmay, huquq-tartibot idoralari va shifokorlar kelishini kutishga qaror qilgan. Keyinchalik ayol haqiqatan ham qizaloqning qarindoshi ekani aniqlangan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda psixiatriya bo‘limida davolanishni yakunlagan.
Qayd etilishicha, sovuqdan aziyat chekkan chaqaloqqa birinchi darajali sovuq urish tashxisi qo‘yilgan, hozirda u uyda ambulator davolanmoqda. Qizaloqning ota-onasi haydovchiga qutqaruv uchun pul taklif qilgan, biroq u rad etib, mablag‘ni bolani davolashga sarflashlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 7 yildan beri Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, farroshlik qiladigan o‘zbekistonlik migrant yong‘in paytida bir nechta ayollarni qutqarib, qahramonga aylangan edi. Shundan so‘ng shahar aholisi o‘zbekistonlik Olimjon Ibrohimovga 36 ming rubl yig‘ib bergan. Xususan, “Cherniy spisok Piter” guruhi a’zolari Olimjon Ibrohimovga 11 ming rubl bergan, yana 25 ming rublni Kolomna (yong‘in sodir bo‘lgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan Admiraltey tumanidagi tarixiy okrug) aholisi yig‘ib bergan.
LiveBarchasi