Rossiyada uch o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi hududida joylashgan Kovilkino shahrida ichki ishlar xodimlari kerakli hujjatlarsiz qurilish ob’ektida ishlayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Stolica” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushlangan migrantlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Ular jami 9000 rubl (1 million 433 ming 595 so‘m) miqdorida jarimaga tortilib, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Ularga shuningdek, Rossiyadan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Rossiya qonunchiligiga muvofiq chet el ishchi kuchidan noqonuniy foydalanganlik uchun mansabdor shaxslarga 70 ming rublgacha (11 million 179 ming 108 so‘m), yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun har bir noqonuniy ishlagan chet ellik ishchi uchun 1 million rublgacha (159 million 701 ming 554 so‘m) jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada yashash uchun ruxsatnomasi bekor qilingan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rasmiy ravishda u yerdan deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Mordoviya Kovilkino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing