Rossiyada “Tolibon” terrorchilar ro‘yxatidan chiqishiga oz qoldi (video)

Olam

image
“Tolibon” Rossiya bilan diplomatik aloqalar darajasini oshirishga umid qilmoqda north_east

“Tolibon” Rossiya bilan diplomatik aloqalar darajasini oshirishga umid qilmoqda

Rossiyada “Tolibon” harakatini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha fundamental qaror eng yuqori darajada qabul qilingan, biroq bu jarayon qonunda belgilangan tartibda yakunlanishi kerak. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishi yakunida ma’lum qildi.

"Tashqi ishlar vazirligi Federal xavfsizlik xizmati va boshqa qator Rossiya departamentlari bilan birgalikda “Tolibon”ni Rossiya terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish jarayoni bo‘yicha huquqiy ishlarni yakunlamoqda. Bu masala bo‘yicha asosiy qaror Rossiyaning yuqori rahbariyati tomonidan qabul qilingan. Ammo barcha jarayonlar Rossiya qonunchiligi doirasida amalga oshirilishi kerak”, dedi Kabulov.

Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati "federal qonunlarga rioya qilishga majburdir".

“Umid qilamanki, yakuniy qaror tez orada e’lon qilinadi. Bu esa huquqshunoslar, parlament va boshqa idoralar tomonidan jarayonning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha puxta ishlashni talab qiladi. Bitta masala shu”, dedi Rossiya Prezidentining maxsus vakili.

Bugun, 4 oktyabr kuni Moskva shahrida Afg‘oniston bo‘yicha Moskva maslahatlashuv formatining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistonning maxsus vakillari va yuqori mansabdor shaxslari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXSHTga a’zo davlatlar parlament palatalari spikerlari bilan uchrashuvda Ostona savdo-iqtisodiy hamkorlik tufayli “Tolibon” guruhini terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qilgandi. 6 sentyabr kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi e’lon qilgan mamlakat hududida sudlar tomonidan faoliyati taqiqlangan terrorchi tashkilotlarning ro‘yxatda ham “Tolibon” qayd etilmadi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing