Rossiyada tayyorlangan koronavirus vaksinasining eksport narxi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Rossiyada tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksina xorijga eksport qilinganda 10 dollardan kam bo‘lmaydi. Bu haqda “R-Farm” kompaniyalari direktorlar kengashi rahbari Aleksey Repik ma’lum qildi.

“Eksport bozorlari haqida gapirsak, ikkita dozasi bizning taxminimizcha, 10 dollardan kam bo‘lmaydi. Katta ehtimol bilan dastlabki partiyalar qimmat bo‘ladi”, dedi Repik.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yetarlicha ishlab chiqarila boshlaganda arzonlashadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiya koronavirusga qarshi ilk vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Rossiyadagi koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor. Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

2341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing