Rossiyada saylov bilan bog‘liq qonunbuzarliklar bo‘yicha 61 ta jinoiy ish ochildi
Olam
−
18 mart
4079Rossiyada saylov davrida huquq-tartibot idoralari tomonidan 61 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 150 dan ortiq ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.
“155 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Markaziy saylov komissiyasida so‘zga chiqqan IIV vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlarning aksariyati qasddan yolg‘on terrorchilik akti (23 ta holat) va saylovchilar huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish (21 ta holat) moddasi bo‘yicha ochilgan.
Gorovoyning ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari tomonidan saylov natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan saylov qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanmagan.
Ammo saylov uchastkalaridagi saylov qutilari “zelyonka”, yod va boshqa bo‘yoqlar bilan to‘ldirilgani, petardalar otilgani kabi holatlar qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin g‘alaba qozondi. U 87,32 foiz ovoz bilan yana “kursi”sini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Mirziyoyev 21 fevral kuni Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Putinning g‘alaba qozonishiga ishonch bildirib, saylovdan keyingi ilk tashriflardan birini O‘zbekistonga qilishini taklif qilgandi
Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Sharl Mishel esa Rossiyada saylov boshlangan kunning o‘zidayoq Putinni g‘alaba bilan tabriklagandi.
LiveBarchasi