Rossiyada safarbarlik yashirincha davom etmoqda – ISW
Olam
−
05 noyabr 2022
6822Rossiya rasmiylarining mamlakatda safarbarlik tugagani haqidagi bayonotlariga qaramay, katta ehtimol bilan u yashirin tarzda davom etyapti. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) kundalik hisobotida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda DW.
Bunga misol sifatida ekspertlar Putin safarbarlikni to‘xtatish haqidagi bayonotlaridan so‘ng imzolagan bir qancha farmonlarni keltirmoqda. Hujjatlardan biri og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganligi o‘talmagan fuqarolarni safarbar etish imkonini beradi, ikkinchisi harbiy xizmatchilarning maqomini “ko‘ngillilar”gacha kengaytiradi.
Bunday ruxsatnomalar safarbarlikni davom ettirish uchun shart-sharoit yaratadi, ammo endi u “ixtiyoriy xizmat” sifatida taqdim etiladi, deydi ekspertlar.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib, 28 oktyabr kuni RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda safarbarlik yakunlangani haqida Putinga hisobot berdi.
O‘z navbatida, Putin 4 noyabr kuni armiya safiga qo‘shilishni xohlovchi ko‘ngillilar oqimi kamaymayotgani sababli safarbar qilinganlar soni allaqachon 318 ming kishiga yetganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi