Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksinaning klinik sinovi yakunlandi

Olam

image

Rossiyaning “Vektor” virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovini yakunladi. Bu haqda Rossiya iste’molchilar huquqlari va inson farovonligini himoya qilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

“Vektor”da klinik sinovlar tom ma’noda bugun yakunlandi”, degan Popova NTVning “Pozdnyakov” dasturiga bergan intervyusida.

U shuningdek, Chumakova institutida koronavirus vaksinasining klinik sinovlari davom etayotganini ma’lum qildi.

“Bu vaksinalarning barchasi turli platformalarda tayyoranyapti. Bu judayam yaxshi. Negaki bu vaksinalar organizmda turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi, ularnng reogentlari ham farqli. Asosiysi ular turli texnologik maydonlarda ishlab chiqariladi”, degan Popova.

“Vektor” markazida tayyorlangan “EpiVakKorona” vaksinasini 15 oktyabrgacha ro‘yxatdan o‘tkazish kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyada dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Gamaley ilmiy tadqiqot markazida tayyorlangan vaksina “Sputnik V” deb nomlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing