Rossiyada koronavirusga chalingan vazirlar soni 3 nafarga yetdi

Olam

image
Rossiya infeksiyadan zararlanganlar soni bo‘yicha beshtalikka kirdi north_east

Rossiya infeksiyadan zararlanganlar soni bo‘yicha beshtalikka kirdi

Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi rahbari Olga Lyubimovada koronavirus tasdiqlandi. Uning holati yengil, vazir uydan turib ishlashga qaror qilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“COVID-19 testining natijalari ijobiy chiqdi. Vazir uyda, videokonferensiyalar orqali majlislar o‘tkazadi, onlayn formatda uchrashuvlar va muzokaralarda qatnashadi”, dedi vazirning matbuot kotibi Anna Usachyova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirning kasalligi yengil va kasalxonaga yotqizishga ehtiyoj yo‘q.

Avvalroq, Rossiya Bosh vazir Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani, hukumat rahbari bu haqda Prezident Vladimir Putinga ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, 2 may kuni Rossiya Qurilish vazirligi rahbari Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 165 929 nafar odam chalindi. 21 327 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1537 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing