Rossiyada qo‘lga olingan namoyishchilar 1000 dan oshib ketdi

Olam

image
Navalniy o‘zbek milliarderiga sanksiya qo‘llashni taklif qildi north_east

Navalniy o‘zbek milliarderiga sanksiya qo‘llashni taklif qildi

Avval xabar berganimizdek, Rossiya shaharlari bo‘ylab muxolifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar o‘tkazilyapti.

Ayni vaqtda turli shaharlarda namoyishchilarni hibsga olish boshlab yuborilgan. Xususay, Moskvada 395 kishi hibsga olingani aytilyapti.

Butun Rossiya bo‘ylab 1338 nafar odam ushlangan. Ammo bu raqamlar rasman tasdiqlanmagan.

“Reuters” ma’lumotiga ko‘ra, Moskvada “Navalniyga ozodlik!” aksiyasida 40 ming kishi qatnashyapti. Ammo politsiya soat 14:40 holatiga 4 ming kishi namoyishga chiqqanini ma’lum qildi.

Avvalroq, Moskvadagi namoyishda Aleksey Navalniyning turmush o‘rtog‘i Yuliana hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi Aleksey Navalniy joriy yilning 17 yanvar kuni Germaniyadan Vataniga qaytdi. Ammo qaytishi bilan hibsga olind va 30 kunga qamaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing