Navalniy o‘zbek milliarderiga sanksiya qo‘llashni taklif qildi
Olam
−
23 yanvar 2021
26394Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasining ijrochi direktori (tashkilot Rossiya Federatsiyasi hududida) Vladimir Ashurkov muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy bilan birgalikda sanksiya qo‘llanilishi kerak bo‘lgan rossiyaliklar ro‘yxatini e’lon qildi.
“G‘arb Rossiyani inson huquqlari buzilishini to‘xtatish va korrupsiyani cheklashga undashga jiddiy kirishgan paytda, biz Navalniy bilan sanksiyalarga tortilishi kerak bo‘lgan odamlar ro‘yxatini kelishib oldik. Shuningdek, u o‘z ro‘yxatidagi sakkiz kishini aniqlab oldi”, deb yozgan Ashurkov.
Ro‘yxatga Roman Abramovich (“Chelsi” egasi), Alisher Usmonov (Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari, “IKS Xolding” IT guruhining egasi, SSKA homiysi), siyosatchi Igor Shuvalov (“VEB.RF” davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi, SSKA egasi) va VTB banki rahbari Andrey Kostin (VTB Moskvaning “Dinamo”siga egalik qiladi) hamda uning o‘rinbosari Denis Bortnikov kiritilgan.
Ro‘yxatda, shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev va teleboshlovchi Vladimir Solovev ham bor.
LiveBarchasi