Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Rossiya 10 ming o‘zbekistonlikni mamlakatdagi qurilishlarda ishlash uchun jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lum qilishicha, qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘n ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish loyihasi doirasida fuqarolarni mamlakat hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yetib keldi.

Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

Endilikda, Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik RF Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida O‘zbekistonda amalga oshiraladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made