Rossiyada fuqarolarni koronavirusga emlash qachon boshlanishi aytildi

Olam

image

Rossiyaning harbiy virusologlari tomonidan Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi “Vektor” vaksinasi ishlab chiqilgani ma’lum qilingan edi.

“Inerfaks” nashri manbasining ma’lum qilishicha, vaksina 10-12 avgust kunlari ro‘yxatga olinadi va 15 avgustdan fuqarolarni emlash boshlanadi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, koronavirusga qarshi mahalliy vaksina o‘zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlaganini aytgan.

Odamlar tanlov asosida emlanadi. Birinchilardan bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi o‘qituvchi, shifokor va 1500 dan ortiq ko‘ngilli emlanadi.

Ammo vaksinaning mutlaq xavfsiz va samarali ekanini bilish uchun 5-6 oy vaqt ketadi. Shundan so‘ng, 2021 yilning yanvar va fevral oylarida vaksina keng iste’molga chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

1679

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing