Rossiyada fojiali halok bo‘lgan ikki migrant to‘g‘risida yangi ma’lumotlar berildi
O‘zbekiston
−
18960 2 daqiqa
Avvalroq, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan ikki nafar o‘zbekistonlikning Rossiya Federatsiyasi Sank-Peterburg shahrida halok bo‘lganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 6 fevral kuni Kolomyaj prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha joylashgan “Shimoliy zavod”dagi sexda pardozlash ishlarini olib borish jarayonida balandlikdan tushib ketish oqibatida Sank-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Halok bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1990 yil 9 avgust kuni tug‘ilgan Alisher Ziyadullayevich Usarov hisoblanadi.
Halokat dalillari bo‘yicha ayni paytda tergov-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning murdasi Sank-Peterburg, Yekaterinsk prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi Byurosi morgida saqlanmoqda.
Joriy yilning 6 fevral kuni 1998 yil 8 avgustda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tolibjon Esonov Leningrad viloyati Murino shahrida Voronsov xiyoboni, 17-uydagi “Kraski leta” turar joy kompleksida qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib tushib, halok bo‘lgan.
Jinoiy ish hali qo‘zg‘atilmagan. Ayni paytda fojiali holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Halok bo‘lgan fuqaroning murdasi Leningrad viloyati Toksovo shahar morgida saqlanmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda.
"Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish bo‘yicha dastlabki barcha chora-tadbirlar o‘tkazildi, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida ikki o‘zbek migranti halok bo‘lishidan avval Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti talabasi boshiga katta muz bo‘lagi tushishi natijasida fojiali o‘lim topgandi.
Live
Barchasi