Rossiyada aravachada yotgan chaqaloq tiriklayin yonib ketdi (foto)

Olam

image

Rossiyaning Perm o‘lkasida mast holda uxlab yotgan ota-onaning 8 oylik farzandi aravachada tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda “Ura News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Perm o‘lkasining Kultayevo qishlog‘ida mast holda uxlab yotgan ota-onaning e’tiborsizligi oqibatida 8 oylik chaqaloq aravachasida tiriklayin yonib ketgan. Mazkur voqeadan so‘ng ular yongan aravacha va chaqaloqning ko‘rpachalaridan qutilish maqsadida axlatga tashlamoqchi bo‘lgan. Ammo qo‘shnilari bundan shubhalanib, politsiyaga xabar bergan.

Marhum chaqaloqning ota-onasi ularning 2 yoshli boshqa farzandi yondirgichni o‘ynab, aravachadagi ko‘rpachani yoqib yuborgani oqibatida chaqaloq yonib ketganini iddao qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular avvaldan nobop oila sifatida huquq-tartibot idoralarining ro‘yxatiga olingan bo‘lib, mazkur xonadonda avval ham shunday holat kuzatilgan. Oldinroq ularning yana bir farzandi qishda balkonda unutib qoldirilishi oqibatida muzlab qolib, nobud bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida qarovsiz qoldirilgan uch yoshli qiz qaynoq suvli vannaga tushib, tiriklayin kuyib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya chaqaloq aravacha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing