Rossiyada 15 yoshli o‘zbekistonlik 42 yoshli hamyurtini pichoqladi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir 42 yoshli hamyurtini pichoqladi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 19 oktyabr kuni tunda Pravda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaralagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari 20 oktyabr kuni Marat ko‘chasida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U jabrlanuvchining 15 yoshli vatandoshi bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yosh hamyurti – xotinining o‘g‘li bilan til topisha olmagan. Bola esa pichoq bilan hujum qilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasining xabar berishicha, jinoiy qidiruv xodimlari tunda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigitni qo‘lga olgan. U qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda gumon qilinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 24 yoshli o‘zbekistonlik enaga 6 oylik chaqaloqning o‘limida ayblangandi. Voqea joriy yilning 15 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Ota-ona olti oylik chaqalog‘ini enaga qaramog‘iga tashlab ketgan. Qiz bolani cho‘miltirayotganda bola uning qo‘lidan tushib ketgan va boshini vannaga urgan. Enaga tez yordam chaqirgan, ammo shifokorlar klinik o‘lim holatida shifoxonaga yotqizilgan bolani saqlab qola olmagan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya pichoqladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing